Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

© Press-slujba MChS UzbekistanaMirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2023
Obuna bo‘lish
Yong‘in natijasida 15 kv.m maydonda uy-jihozlari yonib zararlangan.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Kecha, 6-avgust kuni, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, kecha soat 18:59 da Mirzo Ulug‘bek tumani “Beshkapa” MFY Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘inga soat 19:06 da yetib borilib, soat 19:25 da o‘chirilgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta avtonarvon va 1 ta yong‘in-qutqaruv otradi bo‘linmasi jalb etilgan.
Yong‘in natijasida 15 kv.m maydonda uy-jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish jarayonida ushbu uy qavatlaridan 20 nafar fuqarolar qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0