O‘zbekistonlik migrant Rossiyada o‘tkazilgan musobaqada g‘olib bo‘ldi

© IA "Dunyo"O‘zbekistonlik mehnat muhojiri Rossiyada o‘tkazilgan musobaqada g‘olib bo‘ldi
O‘zbekistonlik mehnat muhojiri Rossiyada o‘tkazilgan musobaqada g‘olib bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Obuna bo‘lish
Navoiy viloyatining Qiziltepa shahridan bo‘lgan Mirshod Toshev “Yuk tashuvchi avtomobilning eng yaxshi haydovchisi” (“Luchshiy voditel pogruzchika”) nominatsiyasida faxrli ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik mehnat migranti Rossiyaning Nijnevartovsk shahrida o‘tkazilgan musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Joriy yilning 1-avgust kuni “Gazpromneft-Snabjenie” MChJ tomonidan Nijnevartovsk shahrida “Kasbiy mahoratning ochiq tanlovi” musobaqasi tashkil etildi. Unda “Gazpromneft-Snabjenie” MChJ haydovchisi, Navoiy viloyatining Qiziltepa shahridan bo‘lgan Mirshod Toshev “Yuk tashuvchi avtomobilning eng yaxshi haydovchisi” (“Luchshiy voditel pogruzchika”) nominatsiyasida faxrli ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Musobaqada Rossiyaning neft va gaz poytaxtlari hisoblanuvchi Yamalo-Nenesk va Xanti-Mansiyk avtonom okruglaridan “Gazpromneft-Snabjenie”, “Yugra-Avtotrans”, “Stek”, “Magnum” kabi 10 dan ortiq yirik shirkatlardan 100 nafar haydovchi qatnashdi.
Mirshod Toshev nafaqat o‘zbekistonlik va Markaziy Osiyolik mehnat muhojirlarini, balki mahalliy haydovchilarni ham ortda qoldirgan.
Yangiliklar lentasi
0