Fuqaro aviatsiyasida 30-yil — Ra’no Jo‘rayeva haqida qiziqarli faktlar

© SENKIRa’no Jo‘rayeva
Ra’no Jo‘rayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Obuna bo‘lish
“Uzbekistan Airports” AJ raisi lavozimidan ketgan Ra’no Jo‘rayevaning tarjima holi.
Ra’no Jo‘rayeva 1957-yil 7-mart kuni tug‘ilgan. S.Orjonikidze nomidagi Moskva aviatsiya institutini “aviatsiya asboblari” hamda Rossiya tashqi savdo akademiyasining “xalqaro iqtisodiy munosabatlar” (jahon iqtisodiyoti) mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
© Uzbekistan AirportsRa’no Jo‘rayeva
Rano Djurayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Ra’no Jo‘rayeva
Texnika fanlari nomzodi.
Ish faoliyati xaqida ma’lumot:
1996 - 2004-yillar "Airport Management Company Ltd" biznesni rivojlantirish direktori. (Rossiyadagi vakolatxona).
Domodedovo aeroporti majmuasi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish va uning aviatsiyadan tashqari faoliyatini rivojlantirish bilan shug‘ullangan.
2005 - 2006-yillar "KOALKO AG" aksiyadorlik jamiyati vakolatxonasi boshqaruvchi direktori.
Rivojlanish loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullangan.
2006 - 2006-yillar "Gruppa Sintez" MChJ ijrochi direktori.
Energetika va neft-texnika loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullangan.
2007 - 2008-yillar "Kompaniya "Bazoviy Element" mas’uliyati cheklangan jamiyati aviatsiya sektori rahbari.
Aviatsiya aktivlarini rivojlantirish, Sochi aeroportini Olimpiya o‘yinlariga tayyorlash bilan shug‘ullangan.
2008 - 2010-yillar “Aeroport tizimlarini rivojlantirish” MChJ bosh direktori.
2010 - 2015-yillar “Fuqaro aviatsiyasi innovatsion markazi” MChJ prezidenti.
U havo yuklarini tashishda e-Freight standartini joriy qilish bilan shug‘ullangan.
2015 – 2018-yillar FGUP "SENKI" bosh direktori (Rossiya kosmodromlari).
2019 - 2021-yillar "S7 Space" bosh direktori.
2021 yildan “O‘zbekiston aeroportlari” AJ boshqaruvi raisi.
© Uzbekistan AirportsRa’no Jo‘rayeva
Rano Djurayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Ra’no Jo‘rayeva
Jo‘rayevani bir qizi va ikki nabirasi bor. U “MARIE CLAIRE” jurnaliga bergan interyusida qizi u uchun “avtoritet” ekanligini aytgan.

“Nevaralarim men pishirgan palovni yaxshi ko‘rishadi, odatda bayramlarda pishiraman. Umuman olganda, men kundalik ishlarni juda yaxshi ko‘raman, lekin ochig‘ini aytsam, bunga vaqtimni behuda sarflashdan afsuslanaman".

Ra’no Jo‘rayeva
© Mintrans UzbekistanaRa’no Jo‘rayeva
Uzbekistan Airports rastorgla dogovor s predsedatelem kompanii Rano Djurayevoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Ra’no Jo‘rayeva
Jo‘rayevaning so‘zlariga ko‘ra, u perfeksionist. Hayotida erishgan barcha muvaffaqiyatlar loyihani eng chiroyli, eng yaxshi, eng muvaffaqiyatli qilish istagi bilan ajralib turadi.

"Odatda bir oylik, bir haftalik, bir kunlik ish rejasini yozaman va bu rejani kamida 30-40% bajarsam, demak yaxshi harakatlanyapman", - deydi u.

Shuningdek, Jo‘rayeva teatrga bormasdan yashay olmasligini ham qo‘shimcha qilgan. Undagi opera va baletga mehr uning ota-onasi sababli uyg‘ongan.
Yangiliklar lentasi
0