“Hech narsa yordam bermaydi”: AQShlik jurnalist Ukrainaga qurol yetkazib berish haqida

© AP Photo / LibkosUkrain harbiylari, arxiv surat
Ukrain harbiylari, arxiv surat
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Obuna bo‘lish
Zelenskiyning yo‘qotgan yerlarini qaytarish haqidagi so‘zlari quruq gap. Bu hech qachon sodir bo‘lmaydi. Buni butun dunyo biladi — OAV.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning yo‘qotilgan yerlarni qaytarish haqidagi barcha bayonotlari asossiz, chunki mamlakat allaqachon butunlay mag‘lub bo‘lish arafasida, dedi amerikalik radio boshlovchi Garland Nikson o‘zining YouTube kanalida.
“Zelenskiyning Donbass va Qrimning qaytarilishi haqidagi so‘zlari quruq gap. Bu hech qachon sodir bo‘lmaydi. Buni butun dunyo biladi”, — deya izoh berdi u Ukraina prezidentining nutqiga.
Nikson, shuningdek, Rossiya aviatsiyasi va dengiz floti dunyodagi eng yaxshilar qatorida ekanligini, shuning uchun bunday kuchlarga ega bo‘lmagan Ukrainaning muvaffaqiyatga erishish imkoniyati mutlaqo yo‘qligini ta’kidladi.
“Umuman, nima uchun Ukrainaga F-16 kerak? Unga hech narsa yordam bera olmaydi. Ruslar Ukrainani shoh va mot qilishdi”, — deya xulosa qildi jurnalist.
4 iyun kuni Ukraina Qurolli kuchlari Zaporojye, Janubiy Donesk va Artyomovsk yo‘nalishlarida NATO tomonidan tayyorlangan va G‘arb texnikasi bilan qurollangan jangovar bo‘linmalar bilan qarshi hujumga o‘tdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina qo‘shinlarini oldinga siljishga urinishlari barbod bo‘lganini, dushman to‘xtatilib, dastlabki pozitsiyalariga qaytarilganini ta’kidladi.
 Vladimir Zelenskiy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
"Xaritadan yo‘qolasiz": Zelenskiyning Rossiya haqidagi bayonoti qanday qabul qilindi
Yangiliklar lentasi
0