Qatar Yangi Toshkent shahri loyihalarida ishtirok etishi mumkin

© Xokimiyat goroda TashkentaShavkat Umurzoqov Qatarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi
Shavkat Umurzoqov Qatarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Umurzoqov Qatarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Kecha, 8-avgust kuni, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov Qatarning O‘zbekistondagi elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, logistika, turizm, qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Shavkat Umurzoqov Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning O‘zbekistonga oliy darajadagi tashrifi doirasida Samarqand shahrida imzolangan Toshkent va Doha shaharlari o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha Anglashuv memorandumi ijrosi yuzasidan yo‘l xaritasini tayyorlash, Qatarning biznes delegatsiyalarini Yangi Toshkent shahri loyihalarida ishtirok etishga taklif qilish, Qatarda O‘zbekistonning ziyorat turizmi manzilgohlarini targ‘ib qilishni tashkil etishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish borasida fikr bildirdi.
Hasan Hamza Hoshim Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning O‘zbekistonga tashrifi tarixiy tashrif bo‘lgani, bunda 15 dan ortiq shartnomalar imzolangani va juda ko‘p sohalarda o‘zaro aloqalarni rivojlantirishda amaliy ishlar boshlab yuborilganligini bildirdi. Hamkorlikning istiqbollari katta ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy muloqotlar davom etishini bildirishdi.
Yangiliklar lentasi
0