O‘zbekiston va Misr qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

© ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliLaziz Kudratov Misrning Hassan Allam Holding kompaniyasi ijrochi direktori Mahmud El Essaui bilan uchrashdi
Laziz Kudratov Misrning Hassan Allam Holding kompaniyasi ijrochi direktori Mahmud El Essaui bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
Laziz Kudratov Misrning "Hassan Allam Holding" kompaniyasi ijrochi direktori Mahmud El Essaui bilan uchrashdi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Misrning "Hassan Allam Holding" kompaniyasi ijrochi direktori Mahmud El Essaui bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida po‘lat quvurlar, gazobeton bloklar ishlab chiqarish, chiqindilarni energiyaga qayta ishlash, suv xo‘jaligi va markaziy issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
"Hassan Allam Holding" 1936-yilda tashkil topgan. Misrdagi eng yirik sarmoyaviy va sanoat korporatsiyalaridan biri. U infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, qurilish materiallari, aralashmalar va bloklar uchun kimoviy moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
So‘nggi 5-yil ichida kompaniya Janubi-G‘arbiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida 70 ta loyihani muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Aktivlari 8 milliard dollar, ishchilar soni 45 ming nafarni tashkil qiladi.
SSP raisi Davron Vahobov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2023
O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlar kengashi tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0