Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qiruvchilari Ukraina QKning 10 dan ortiq obyektiga zarba berdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishIV Mejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum "Armiya-2018". Den vtoroy
IV Mejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum Armiya-2018. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi: Rossiyaning Su-34 qiruvchilari uch yo‘nalishda Ukraina Qurolli kuchlarining 10 dan ortiq obyektiga zarba berdi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiyaning Su-34 qiruvchi-bombardimonchilari uch yo‘nalishda Ukraina Qurolli kuchlarining 10 dan ortiq obyektiga zarba berdi, deb ma’lum qildi “Yug” guruhi matbuot markazi rahbari Vadim Astafyev RIA Novostiga.

"Janubiy kuchlar guruhining Su-34 qiruvchi-bombardimonchilari ekipajlari Ukraina Qurolli kuchlarining Lisichansk, Soledar-Artyomovsk va Aleksandr-Kalinovsk yo‘nalishlaridagi 10 dan ortiq obyektlariga zarba berishdi", — dedi u.

Bundan tashqari, Rossiyaning hujum aviatsiyasi Belogorovka, Veseloe va Avdeyevka aholi punktlari hududlarida dushman shaxsiy tarkibini yo‘q qildi, armiya aviatsiyasi vertolotlari ekipajlari tankga qarshi boshqariladigan raketalarning zarbalari bilan Kurdumovka va Kleshcheyevka (DXR Artyomovsk tumani) hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining zirhli texnikasini yo‘q qildi.
Yangiliklar lentasi
0