Ukraina armiyasi Doneskka kassetali o‘q-dorilar bilan zarba berdi

© Sputnik / Taisiya Voronsova / Mediabankka o‘tishUkraina qo‘shinlarining Doneskni o‘qqa tutish oqibatlari, arxiv surat
Ukraina qo‘shinlarining Doneskni o‘qqa tutish oqibatlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
Doneskning Kiyev tumaniga Ukraina qo‘shinlari 155 millimetr kalibrli kassetali o‘q-dorilar bilan zarba bergan.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari 10-avgust kuni ertalab Doneskning Kiyev tumaniga yana oltita 155 millimetr kalibrli kassetali o‘q-dorilar bilan zarba berdi. Bu haqda Bu haqda Ukraina harbiy jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazidagi DXR vakolatxonasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, soat 04:40 va keyin soat 04:50 da Doneskning Kiyev tumaniga Ukraina qo‘shinlari 155 millimetr kalibrli kassetali o‘q-dorilar bilan zarba bergan.
Shoygu AQShning Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar berish qarorini harbiy jinoyat deb atadi
“Donbass reshayet” Telegram-kanali avvalroq Ukraina qo‘shinlari Kiyev tumanini o‘qqa tutgani va buning oqibatida turar binoda yong‘in chiqqani haqida xabar qilgan edi.
“Voqea joyida tezkor xizmat xodimlari ishlyapti. Qurbonlar to‘g‘risidagi ma’lumot aniqlashtirilmoqda”, - deyilgandi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0