Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti to‘xtatiladi — manzillar

© "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filialiElektr energiyasi
Elektr energiyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Obuna bo‘lish
Yunusobod tumanidagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti soat 14:00 dan 16:00 gacha bo‘lmaydi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Bugun Toshkentning Yunusobod tumanidagi ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar berdi "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yunusobod tumanidagi ayrim mahallalarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha bo‘lmaydi.
Quyidagi manzillarda soat 14:00 dan 16:00 gacha elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Yunusobod tumani - "Katta Hasanboy", "Sharq haqiqati" va "Islom obod" MFYlarining ayrim ko‘chalari.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0