O‘zbekistonda kollej va texnikumlarga qabul boshlandi

© SputnikAbituriyent hujjat topshirmoqda.
Abituriyent hujjat topshirmoqda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar davom etadi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonda kollej va texnikumlarga qabul boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

"Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Ushbu muddatga qadar abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 139 638 ta qabul kvotasi tasdiqlangan. Shundan 149 ta kollej uchun — 59 ming 460 ta, 194 ta texnikum uchun — 80 ming 178 ta qabul ajratilgan edi. Shundan kollej va texnikumlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 15 815 nafar o‘quvchi davlat granti asosida qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0