O‘zbekistonlik shaxmatchilar Bokuda o‘tayotgan jahon kubogida o‘z ishtiroklarini yakunlashdi

© Federatsiya shaxmat UzbekistanaO‘zbekiston terma jamoasi Hindistondagi shaxmat Olimpiadasida g‘olib bo‘ldi
O‘zbekiston terma jamoasi Hindistondagi shaxmat Olimpiadasida g‘olib bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Obuna bo‘lish
Javohir Sindorov jahon kubogida Arjun Erigaysiga mag‘lub bo‘ldi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Ozarbayjonda o‘tgan jahon kubogida hindistonlik raqibiga mag‘lub bo‘ldi.
Javohir Sindorov (2659) shaxmat bo‘yicha jahon kubogining 1/16 finalida hindistonlik grossmeyster Arjun Erigaysiga (2704) qora donalarda mag‘lub bo‘ldi.
Shu bilan jahon kubogida o‘zbekistonlik shaxmatchilar o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjonda jahon kubogi o‘tkazilmoqda. 30-iyul-24 avgust kunlari davomida bo‘lib o‘tadigan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi umumiy sovrin jamg‘armasi 1,8 mln dollar.
Musobaqada O‘zbekistondan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov va Nilufar Yakubboyevalar ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun jahon kubogi omadli boshlangan edi. Javohir Sindorov Deng Kipriano Reanni (JAR), Nodirbek Yakubboyev Malek Koniaxlini (Misr) mag‘lub etdi. Shamsiddin Vohidov Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon) bilan, Nilufar Yakubboyeva Yeva Repkova (Slovakiya) bilan durang qayd etdi.
Nodirbek Abdusattorov kubogning ikkinchi bosqichida turkiyalik Vaxap Sanalga qarshi o‘yinda durang natija qayd etdi. Vahap Sanal bilan durang o‘ynagach, Abdusattorov (2725) ikkinchi o‘yinda oq donalar bilan mag‘lub bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0