Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Xokimiyat Tashkentskoy oblasti Erkin Muxiddinov
Erkin Muxiddinov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2023
Obuna bo‘lish
Ohangaron tumani hokimi Abdurasul Abdullayev boshqa ishga o‘tdi. Uning o‘rniga Erkin Muhiddinov hokim bo‘ldi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi, deya xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi.
Bugun Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari 86-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Abdurasul Abdullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Ohangaron tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga, Erkin Muhiddinov Madorbekovich Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Muhiddinov 1976-yili Andijon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti-oliy. 1997-yili Andijon iqtisodiyot boshqaruv instituti, 2000-yili Bank-moliya akademiyasi, 2007-yilda Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktab (IDEAS-JETRO, Yaponiya) larini tamomlagan.
Tayinlovga qadar, u Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0