O‘zbekistonda talabalar uchun nomli stipendiyalar ro‘yxati yangilandi — ular kimlarga beriladi?

© Unsplash / Dollar GillKitob o‘qiyotgan talaba
Kitob o‘qiyotgan talaba - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2023
Obuna bo‘lish
“A’lo”ga o‘qiydigan hamda ijodiy ishda qatnashadigan talabalar uchun nomli davlat stipendiyalari ta’sis etildi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. O‘zbekistonda talabalar uchun nomli stipendiyalar ro‘yxati yangilandi. Bu haqda prezidentning PF-132 sonli farmoni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo” (ko‘pi bilan 25 foizi “yaxshi”) bo‘lgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalari uchun nomli davlat stipendiyalar ta’sis etildi.
Stipendiyalar:
texnika yo‘nalishlarida — Beruniy;
tibbiyot yo‘nalishlarida — Ibn Sino;
gumanitar yo‘nalishlarda — Navoiy;
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida — Kamoliddin Behzod;
tabiiy yo‘nalishlarda — Ulug‘bek;
kinematografiya yo‘nalishida — Xudoybergan Devonov;
tarix va geografiya yo‘nalishlarida — Bobur;
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida — Pahlavon Mahmud;
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida — To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;
barcha yo‘nalishlarda — Islom Karimov nomli.
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Ulug‘bek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori kurslarning har ming nafar talabasiga bittadan tayinlanadi.
Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasiO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining uch nafar yuqori kurs talabasiga beriladi.
Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasikinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’limmuassasasining bir nafar yuqori kurs talabasi uchun mo‘ljallangan.
Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’limmuassasasining bir nafar yuqori kurs talabasigaga beriladi.
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasijismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasi uchun tayinlanadi.
To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga beriladi.
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi esa har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi.
Yangiliklar lentasi
0