Toshkentda yangi avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi — u qaysi hududlarni bog‘laydi?

© Sputnik / Aktan TemirkanovToshkent shahri.
Toshkent shahri. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2023
Obuna bo‘lish
Yangi haftadan “Bo‘zsuv markazi – Chilonzor metrosi” yangi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilmoqda.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkentda yangi avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar berdi “Toshshahartransxizmat”.
Qayd etilishicha, 14-avgustdan 171-sonli “Bo‘zsuv markazi – Chilonzor metrosi” yangi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilmoqda.
© Toshshahartransxizmat171-sonli “Bo‘zsuv markazi – Chilonzor metrosi” yangi avtobus yo‘nalishi.
V stolitse zapustili noviy avtobusniy marshrut - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2023
171-sonli “Bo‘zsuv markazi – Chilonzor metrosi” yangi avtobus yo‘nalishi.
Yo‘nalish harakati Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bo‘zsuv QFY hududidan 4K716, M-39 avtomobil yo‘llari va Bunyodkor shoh ko‘chasi orqali “Chilonzor metrosi” bekatiga qadar etib belgilandi.
ISUZU rusumli avtobuslar soat 05:30 dan 21:10 gacha harakatlanadi.
Yangiliklar lentasi
0