Bugun poytaxtning 3 tumanida issiq suv bo‘lmaydi — manzillar

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishSuv o‘chirilishi
Suv o‘chirilishi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2023
Obuna bo‘lish
Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarida issiq suv ta’minoti qisman bo‘lmaydi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Bugun, 14-avgust kuni, Toshkentning Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarida issiq suv vaqtincha bo‘lmaydi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bugun 3-IM qozonxonasida gaz ta’minoti o‘chirildi. Shu munosabat bilan Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarida issiq suv ta’minoti qisman bo‘lmaydi.
Shayxontohur tumanining Chorsu, Qoratosh, Beshog‘och, Huvaydo mavzelari, Anhor bo‘yi, Zarqaynar va Abay ko‘chalari, M-10, 11, 13, 14, 26, 27 va 28 da;
Olmazor tumanining B1, B2, B3, Qoraqamish 2/1 dahalari, Beruniy maydoni, Talabalar shaharchasida;
Chilonzor tumanining Olmazor dahasi va Beshog‘och ko‘chasida.
Gaz ta’minoti qayta tiklangandan va 3-IM qozonxonasi ishga tushirilgandan so‘ng issiq suv ta’minoti tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0