Rossiya boshqa mamlakatlar bilan harbiy hamkorlikni davom ettiradi – Putin

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishVideoobrashenie prezidenta RF V. Putina po sluchayu otkritiya Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma "Armiya-2023"
Videoobrashenie prezidenta RF V. Putina po sluchayu otkritiya Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi forumni o‘tkazish harbiy va harbiy-texnik sherikchilikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Rossiya boshqa mamlakatlar bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirishni, jumladan, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazishni taklif qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Armiya-2023” forumi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida ma’lum qildi.
“Turli yo‘nalishlarda, jumladan, kadrlarni tayyorlash, xorijlik harbiy xizmatchilarni o‘qitish va ular malakasini oshirish, qo‘shma qo‘mondon-shtab va boshqa mashg‘ulotlarni o‘tkazishda hamkorlikni rivojlantirishni taklif qilamiz. Umid qilamizki, avvalgidek forum doirasida muhim bitimlar va eksport shartnomalari imzolanadi”, - dedi Putin.
Rossiya yetakchisi forumni o‘tkazish shakllanayotgan ko‘p qutbli dunyodagi xavfsizlik va barqarorlik uchun harbiy va harbiy-texnik sherikchilikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.
Moskva viloyatining Kubinka shahrida “Armiya-2023” xalqaro harbiy-texnika forumi boshlandi. Forum 20-avgustga qadar davom etadi.
Forum mehmonlari 28 mingdan ziyod eksponatni tomosha qilish sharafiga muyassar bo‘lishadi. Rossiyaning 1,5 mingga yaqin mudofaa-sanoat majmuasi korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etishi kutilmoqda. “Armiya-2023”da yettita davlatdan xorijiy kompaniya va tashkilotlar ishtirok etishni rejalashtirgan.
“Armiya” xalqaro harbiy-texnika forumi 2015-yildan buyon Rossiya hukumati buyrug‘iga binoan o‘tkazib kelinadi. Forum doirasida Rossiya mudofaa majmuasining yutuqlariga namoyish etiladi.
RIA Novosti “Armiya-2023” forumining rasmiy axborot agentligidir.
Yangiliklar lentasi
0