Rossiya NATO yolg‘onini fosh qildi

© AP Photo / Virginia MayoSoldati NATO gotovatsya k posadke na voyenno-transportniy samolet. Arxivnoe foto
Soldati NATO gotovatsya k posadke na voyenno-transportniy samolet. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2023
Obuna bo‘lish
“AQSh Ukrainani qo‘lga kiritilgan o‘lja deb biladi” va uni “ikkinchi Afg‘onistonga” aylantirish niyatida Jefri Saks.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Ruminiyaning Babadag poligonida bugun Lyuksemburg (ha, ma’lum bo‘lishicha, u yerda armiya ham bor emish) va Fransiyaning ikki yarim yuz nafar askaridan iborat Shimoliy Atlantika alyansining harbiy mashg‘ulotlari boshlanadi.
Har qanday manyovrlarning maqsadi nafaqat jangovar harakatlarni muvofiqlashtirishni yaxshilash, balki potensial dushmanni (o‘z harbiy imkoniyatlari bilan) hayratda qoldirishdir. Dushman, yaqinda ixtisoslashgan nashrning xabar berishicha, hujum va jangovar qobiliyati bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turgan Rossiya armiyasidir.
Agar Lyuksemburg Rossiyani tajovuzkorlik bilan harbiy bellashuvga chaqirayotgan bo‘lsa, NATOning Yevropadagi siyosati bugungi kunda qanday ko‘rinishga ega ekanligini ko‘rib chiqish vaqti keldi. NATO rasmiylari “Sharqqa kengaymaslik” haqidagi quruq va’dalari hammaga ma’lum. O‘sha paytda potensial strategik dushmanni yo‘ldan ozdirish uchun bu yolg‘on kerak edi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda mayda lo‘ttivozning taktikasi NATO tomonidan qo‘llab-quvvatlayotgan, yordam beradigan va sodda odamlar ishonganidek – “yovuz diktatorlar” dan yoki “tajovuzkor rus ayig‘idan” himoya qilishi mumkin bo‘lgan davlatlar bilan munosabatlarda ham qo‘llanilmoqda.
Garchi Lyuksemburg NATOning Ruminiyada boshlangan manyovrlarida birinchi bo‘lib doirani chalayotgan bo‘lsa ham (hazil emas), bu shunchaki soxta sipogarchilik. Ular AQSh ortiga yashirinish uchun NATOga qo‘shilishadi. Vashingtonga esa shu kerak o‘zi. Soyabon ostida mixlanib qolganlar ustidan to‘liq nazorat va qo‘shilishni istaganlarga nisbatan shafqatsizlik. Buni bir paytlar butun globalist elitaning sevimlisi bo‘lgan, bugun esa haqiqatni achchiq bo‘lsa ham tik gapirgani uchun pariyaga aylangan iqtisodiyot professori Jeffri Saks eslatdi.
Saks ta’kidlashicha, birinchidan, “AQSh Ukrainani qo‘lga kiritilgan o‘lja deb biladi”, lekin bu bilan to‘xtab qolmaydi va uni “ikkinchi Afg‘onistonga” aylantirish niyatida. O‘ljami, o‘ljamasmi unchalik qiziq emas, chunki bu so‘nggi o‘n besh yil davomida hammaga ma’lum edi, ammo “Yevropa Afg‘onistoni” — e’tibordan chetda qolmaydigan mavzu.
22 yil avval koalitsiya Afg‘onistonga tartib o‘rnatish uchun (sabab va maqsad haqida – boshqa safar gaplashamiz) borib, uni kuch bilan demokratik jannatga sudraganini eslaymiz. Demokratlashtirish usullari – to‘xtovsiz avia bomlar bilan hujum va shiddatli otishmalar – nihoyatda qonli usullar edi. Amerikaliklar o‘zlarini qonunga tupurgan odamlardek tutdilar, raketalarni xohlagan vaqtda, xohlagan joyga va xohlaganicha otishdi. To‘y bo‘ladimi, bayrammi, sayl bo‘ladimi – biron marta ahamiyatga ega bo‘lmadi.
Axir ular amerikalik yoki yevropalik emas, hayoti umuman ahamiyatga ega bo‘lmaganlarga qarata o‘q uzishardi-ku. Friendly fire (do‘stona hujum) natijasida g‘arbliklarga sodiq bo‘lgan fuqarolar qurbon bo‘lganliklari ham rol o‘ynamadi. Aytgancha, biz ularni roppa-rosa ikki yil oldin Kobul aeroportidan NATO samolyotining bortini ushlab qochib ketmoqchi bo‘lganlarida ko‘rgan edik.
Yigirma yillik taraqqiyotga majburlash va G‘arb “qadriyatlari"ni qabul qildirish tartibsizlik va to‘liq harbiy-siyosiy muvaffaqiyatsizlikka aylandi. G‘arb pullari bilan kun kechirgan hukumat, isrof qila olmagan banknotlarini chamadonlarga solib evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi. Sharmandali yakun – chunki dushmanga to‘g‘ri baho bera olmadi.
Hozigi inqiroz (va bu yerda Saksning so‘zlari ancha adolatli) bo‘lsa, Amerika va uning chegaradoshlari (Ukraina ham o‘zini ulardan biri deb hisoblaydi) bilan vaziyatda ham xuddi shunday holat. Go‘yo dastur uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan matritsada to‘xtab qolgandek: dushmanning potensialiga yetarlicha baho bermaslik, bu safar — Rossiya. Rus jamiyati va uning ideallariga nisbatan ham xuddi shunday nafrat va natijada — mag‘lubiyatlar zanjiri. Ham siyosiy, ham harbiy. Iqtisodiyotda ham, jang maydonida ham.
Tez orada (Amerikada ham, Yevropa Ittifoqida ham saylov taqvimini Rossiya bilan proksi urush orqali o‘zgartirib bo‘lmaydi), NATO Ukrainadan qochishga majbur bo‘ladi. “Leopardlar", “Bredli", “Abramslar" va “Petriotlar"dan voz kechib. G‘arbliklar Ukrainani moliyaviy va harbiy yordamdan mahrum etib tark etayotganida oxiri o‘ylashi mumkin bo‘lgan narsa bu begona yurt taqdiri bo‘ladi. Ularning iflos avanturizmi natijasida takabburlik bilan “geosiyosat" deb ataladigan tushuncha yo‘q qilinadi. Yolg‘iz o‘zi, bo‘m-bo‘sh hududda qoladi.
Ikkinchi Afg‘oniston, Rossiya qayta-qayta ogohlantirgan keyin, NATO eshigi ostida turibdi. Olijanoblik va o‘ziga xos hamdardlik tufayli yana posttravmatik sindromni keltirib chiqarmaslik uchun Rossiya bu vaziyatni “Afg‘oniston" deb atamadi. Shu bilan birga, dushman qitmirlik qilayotgani, va bu “qoidaga muvofiq” deb yolg‘on gapirayotgani hammaga ayon edi. So‘nggi bir necha yillar ichida bu omadsiz o‘yinchilarning nayranglari hammaga ma’lum bo‘ldi. Yolg‘onchilarni kaltaklab o‘tirishmadi, ularga shunchaki hammasi ayonligi bildirilib, amaliy javob berishdi. Oxir-oqibat NATOda qanotlar himoyasini Lyuksemburgga topshirib qochishdan o‘zga chora qolmadi.
Yangiliklar lentasi
0