Dehlidan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

© Foto : Press-slujba "Uzbekistan Airports"Aviakompaniya IndiGo zapuskayet pramie reysi iz Deli v Tashkent.
Aviakompaniya IndiGo zapuskayet pramie reysi iz Deli v Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Obuna bo‘lish
Sentabr oyidan Hindiston aviakompaniyasi Dehli va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Hindistonning "IndiGo" aviakompaniyasi Dehlidan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda, deya xabar berdi "Uzbekistan airports".
Dehli — Toshkent — Dehli yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam yo‘lovchi reysi 6-sentabrga belgilangan.

“Reyslar shinam Airbus A320 va A321 samolyotlarida haftasiga to‘rt marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.

"IndiGo" — bosh qarorgohi Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan hind xususiy loukoster aviakompaniyasi. Kompaniya muntazam qatnovlar va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston aviakompaniyasi sentabrdan O‘zbekistonga aviaqatnovlar sonini oshirishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0