Futbol: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Misrga qarshi maydonga tushadi — sana va manzil

© Sputnik/Abdubakir YunusovCAFA-2023 Turkmaniston - O‘zbekiston o‘yini, arxiv foto.
CAFA-2023 Turkmaniston - O‘zbekiston o‘yini, arxiv foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik futbolchilar Toshkentda Misr U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Misr terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 16-oktabr kuni Toshkent shahrida Misr U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

“Timur Kapadze shogirdlari 13-oktabr sanasida Ispaniya yoshlar termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yindan so‘ng yana bir muhim bahsda ishtirok etadi. Futbolchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisiga qarshi o‘ynashadi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi oktabr oyida Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Uchrashuv 13-oktabr sanasida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0