Navoiyda o‘z farzandini 7,5 ming dollarga sotayotgan ona ushlandi

Chaqaloq - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Obuna bo‘lish
Ayol 2023-yilda tug‘ilgan qizini boshqa bir fuqaroga 90 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Navoiy viloyatida o‘z farzandini 90 million so‘mga sotishga uringan ona qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Navoiy viloyati DXX, ichki ishlar hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmalari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

"Fuqaro 2023-yilda tug‘ilgan qizini boshqa bir fuqaroga 90 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan", - deyiladi xabarda.

Hozir ayolga nisbatan O‘zbekiston JKning 135-moddasi 3-qismi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yangiliklar lentasi
0