O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi — tafsilotlar

© Pravitelstvenniy portal Respubliki UzbekistanSostoyalas vstrecha s uchastiyem premyer-ministrov Uzbekistana i Kirgizstana
Sostoyalas vstrecha s uchastiyem premyer-ministrov Uzbekistana i Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Obuna bo‘lish
Yig‘ilish ikki mamlakat bosh vazirlari ishtirokida o‘tkazildi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Bugun, 16-avgust kuni Cho‘lpon-Ota shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 10-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumat portalida ma’lum qilindi.
Yig‘ilish ikki mamlakat bosh vazirlari ishtirokida o‘tkazildi. Unda so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida keng qamrovli va o‘zaro manfaatli aloqalar jadal rivojlanib borayotgani, bunda, ikki davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodalari, muntazamlik kasb etgan do‘stona va ishonchli muloqotlari asosiy omil bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Uning hajmini 2 mlrd dollarga yetkazish imkoniyati mavjud. Suv xo‘jaligi, energetika, transport, avtomobilsozlik hamda boshqa tarmoqlarda qo‘shma kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv yanada kengaymoqda.
© Pravitelstvenniy portal Respubliki UzbekistanSostoyalas vstrecha s uchastiyem premyer-ministrov Uzbekistana i Kirgizstana
Sostoyalas vstrecha s uchastiyem premyer-ministrov Uzbekistana i Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi sohasida katta imkoniyatlar mavjudligi, bu borada O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot fondi salohiyatidan unumli foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, energetika, suv xo‘jaligi, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Tomonlar madaniy-gumanitar, turizm va sport sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o‘zaro madaniyat kunlari, etnosport festivallari, tadbirlar, konsert va ko‘rgazmalar o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 10-yig‘ilishi yakunlari yuzasidan bayon imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0