Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Foto : UzAPayariq tumaniga yangi hokim tayinlandi
Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Payariq tumaniga hokim bo‘ldi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Samarqand viloyatning Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Payariq tumanida o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan Isroil Jabborov nomzodi Payariq tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
"Isroil Jabborov Samarqand viloyatining Payariq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi", deyiladi xabarda.
Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0