O‘lja: Armiya-2023 forumida NATO qurollari namoyish etildi — video

Obuna bo‘lish
Armiya-2023 forumida 870 dan ortiq o‘lja sifatida olingan va yakson qilingan NATO qurollari namoyish etildi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Moskva viloyatida bo‘lib o‘tayotgan "Armiya-2023" harbiy-texnika forumining ikkinchi kunida maxsus operatsiya hududida qo‘lga kiritilgan (o‘lja) va yakson qilingan NATO davlatlari qurollari namoyish etildi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarning alohida e’tiborini Avstraliyaning yoqib yuborilgan "Bushmaster" zirhli mashinasi, Amerikaning M-113 zirhli transportori, Shvetsiyaning CV90-40 piyodalar jangovar mashinasi, fransuz g‘ildirakli tanki AMX-10RCR o‘ziga qaratadi.
Ko‘rgazmada qo‘lga olingan G‘arbiy mashinalarning aksariyati Britaniya jangovar mashinalari: "Husky" va "Mastiff" zirhli mashinalari, "AT105 Saxon".
Shu bilan birga, Ukraina harbiy-sanoat kompleksining qurollari va zirhli texnikalari namunalari ham keng namoyish etilgan: T-72AMT tanki, BTR-3E va BTR-4E bronetransportorlari, va patrul katerlari ham namoyish etilgan. Ukrainaning "Varta", "Kozak" va "Triton" zirhli avtomashinalari va boshqalar.
O‘lja qurollar ko‘rgazasining yopiq qismida AQShning kassetali snaradlar otuvchi M777 to‘pi ham namoyish etilgan. Undan tashqari NATO davlatlarining son sanoqsiz o‘qotar qurollari, granatomotlari va dronlari ham o‘rin olgan.
Yangiliklar lentasi
0