O‘zbekistonning davlat qarzi 2022-yilda qanchani tashkil etdi

© Depositphotos.com / TatiantmarieNatsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum
Natsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 29,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. 2022 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston davlat tashqi qarzi 25,9 mlrd dollarni, davlat ichki qarzi esa 3,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu raqamlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining "O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi"da keltirilgan.
“Xususan, davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2021-yil boshida 39,0 foizdan (2021 yil yakunida – 38,0 foiz) 2022-yil yakuniga qadar 36,4 foizgacha pasaydi”, - deyiladi sharhda.
Qayd etilishicha, davlat qarzi 2022-yil davomida 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, dollar hisobida yalpi ichki mahsulot tez sur’atda, ya’ni 11,1 mlrd dollarga o‘sgani tufayli davlat qarzining YaIMga nisbati pasaygan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining mamlakatlar iqtisodiyëtiga bag‘ishlangan hisoboti bo‘yicha Ŭzbekistonning davlat qarzi bugungi kunda "mŭ’tadil" darajada hisoblanadi.
“Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, davlat qarzi summasining yalpi ichki mahsulotga nisbatan eng yuqori miqdori 60 foizdan oshmasligi kerak.
Yangiliklar lentasi
0