Qirg‘iziston ayrim pansionatlarni O‘zbekistonga berdi – foto, video

Obuna bo‘lish
Issiqko‘l viloyatidagi 4 ta pansionat o‘zbekistonlik investorlarga uzoq muddatli foydalanishga berilmoqda.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Issiqko‘l viloyatidagi “Zolotie peski“, “Dilorom”, “Rohat” va qurilishi bitmagan “Bo‘ston” pansionatlari o‘zbekistonlik investorlarga uzoq muddatli foydalanishga berilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat mulkini boshqarish davlat agentligi ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.
© Foto : Fond po upravleniyu gosudarstvennim imushestvom pri PKR

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar - Sputnik O‘zbekiston
1/6

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar

© Foto : Fond po upravleniyu gosudarstvennim imushestvom pri PKR

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar - Sputnik O‘zbekiston
2/6

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar

© Foto : Fond po upravleniyu gosudarstvennim imushestvom pri PKR

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar - Sputnik O‘zbekiston
3/6

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar

© Foto : Fond po upravleniyu gosudarstvennim imushestvom pri PKR

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar - Sputnik O‘zbekiston
4/6

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar

© Foto : Fond po upravleniyu gosudarstvennim imushestvom pri PKR

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar - Sputnik O‘zbekiston
5/6

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar

© Foto : Fond po upravleniyu gosudarstvennim imushestvom pri PKR

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar - Sputnik O‘zbekiston
6/6

O‘zbekistonga berilgan pansionatlar

Ilgari bu pansionatlarni O‘zbekiston kompaniyalari boshqargan, biroq 2016-yilda Qirg‘iziston ularni o‘z balansiga olgan. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida to‘rtta pansionatni rekonstruksiya qilish borasida kelishuvga erishilgan.
“Ular davlat balansida va zarar keltiradigan, chunki katta qismidan qoniqarsiz yoki avariya holati bo‘lgani sabab foydalanilmaydi. Umuman olganda ularning moddiy va texnika bazasi eskirgan, obyektlar infratuzilmalari yangilash va modernizatsiya qilish katta investitsiyani talab qiladi”, - deyilgan xabarda.
Pansionatlar o‘zbekistonlik investorlarga foydalanishga, yer esa 49-yilga ijaraga beriladi. Investorlar obyektlarni rekonstruksiya qiladi.
Ta’kidlanishicha, bu mexanizm qabul qilingan xalqaro amaliyot va davlat-xususiy sherikchilikning keng tarqalgan shaklidir.
"Zolotie peski" Toshkent mexanika zavodiga, “Dilorom” “Asakabank”ka, “Rohat” O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, “Bo‘ston” esa “O‘zsanoatqurilishbank”ka beriladi.
O‘zbekiston kompaniyalari pansionatlarni 3-4 yulduzli darajagacha modernizatsiya qilish majburiyatini olishgan. U yerdagi xodimlarning kamida 80 foizi Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0