Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga tashrif buyuradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2023
Obuna bo‘lish
Vengriyada prezident faxriy mehmon sifatida davlat bayrami va sport musobaqalariga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan joriy yil 19-20 avgust kunlari amaliy tashrif bilan Budapesht shahrida bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, prezident Vengriya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazadi, unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning dastur va loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shavkat Mirziyoyev faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi hamda Budapeshtda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyuradi.
Yangiliklar lentasi
0