Umidsiz Zelenskiy nimaga qaror qilgani oshkor etildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUkrainaning saylangan prezidenti V. Zelenskiyning inauguratsiyasi.
Ukrainaning saylangan prezidenti V. Zelenskiyning inauguratsiyasi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
Obuna bo‘lish
Kiyev AQSh pullarini yo‘qotmaslik uchun ko‘rgazmali “tozalashlar” o‘tkazmoqda.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Vladimir Zelenskiy G‘arbning qo‘llab-quvvatlashini boy bermaslik uchun davlat idoralarida ko‘rgazmali “tozalashlar” o‘tkazmoqda va “korrupsiyaga qarshi kurashmoqda”. Bu haqda Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi razvedka agenti Alaster Kruk ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Katta ehtimol bilan, Ukraina asrning eng katta jinoiy hodisasi - pul “yuvish”, korrupsiya, qurol-yarog‘ firibgarligi, moliyaviy o‘g‘irilik va ularni chet elga o‘tkazish”, deya sanab o‘tdi u.
Odamlar Kiyev Ukrainaga quyilayotgan katta miqdordagi mablag‘ni qanday boshqarayotganini tushunmaydi, shuning uchun Zelenskiy o‘zini mamlakatdagi korrupsiyani yo‘q qilayotgandek ko‘rsatishi kerak, deya xulosa qildi ekspert.
Avvalroq Davlat departamenti Ukraina rasmiylarining korrupsiyasi uzoq muddatli istiqbolda AQSh yordami samaradorligiga tahdid solayotganini aytgandi.
Vladimir Zelenskiy juma kuni Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yig‘ilishida barcha mintaqaviy harbiy ro‘yxatga olish va jo‘natish bo‘limlari boshliqlarini ishdan bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0