Abituriyentlar uchun yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Obuna bo‘lish
OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Abituriyentlar uchun yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
2023-2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

"Yashil rang bo‘lsa — davlat granti, sariq rang bo‘lsa — to‘lov-kontrakt, qizil rang bo‘lsa — talabalikka tavsiya etilmagan bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
my.uzbmb.uz sayti orqali - my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;
mandat.uzbmb.uz sayti orqali - mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda;
SMS xabarnoma xizmati orqali - 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud);
Telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda) - @e_dtm_mandatbot, @edtm_mandat1bot, @e_dtm_mandat2bot, @e_dtm_mandat3bot, @e_dtm_mandat4bot;
QR -kod orqali - Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda;
Test natijalari qaydnomasi orqali - shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bo‘ylab barcha hududlarda OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 13-avgust kuni yakunlandi. O‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi. Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va imtihonlar o‘tkaziladigan binolarning sig‘imiga qarab 11 kundan 13 kungacha davom etdi.
Yangiliklar lentasi
0