Toto Kutuno vafot etdi

© Sputnik / Andrey Aleksandrov / Mediabankka o‘tishXIX Mejdunarodniy festival "Slavanskiy bazar v Vitebske"
XIX Mejdunarodniy festival Slavanskiy bazar v Vitebske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Obuna bo‘lish
Sobiq SSSR hududida mashhur va talabgir bo‘lgan italiyalik xonanda Toto Kutuno 80 yoshida vafot etdi.
Italiyalik xonanda Toto Kutuno vafot etdi. Bu haqida ANSA axborot agentligi xabar bermoqda.
Xonanda 80 yoshda edi, u uzoq davom etgan kasalligi kuchaygani uchun bugun Milandagi kasalxonaga yotqizilgan va o‘sha yerda vafot etgan.

Toto Kutunoning ijodiy biografiyasi

Salvatore Kutuno 1943-yilning 7-iyul kuni Toskaniyadagi Fozdinovo shaharchasida tug‘ilgan, keyinroq uning oilasi Spetsiya shahriga ko‘chib o‘tadi. Toto - Salvatore ismining qisqachasi, yoshligidan musiqaga ishqiboz bo‘ladi, truba, baraban, akkordeon kabi asboblar chalishni o‘rganadi.
13 yoshida Toto mahalliy musiqa tanlovida uchinchi o‘rinni egallaydi.
19 yoshida u "Albatros" va boshqa musiqa guruhlari tarkibida baraban chalishni boshlaydi. keyinchalik "Toto e Tati" nomli o‘z guruhini tashkil qiladi. Shu vaqtda u mustaqil qo‘shiqlar yarata boshlaydi.
Keyinchalik u fransuz Jo Dassen uchun bir necha mashhur qo‘shiqlar yozadi - "Et si tu n’existais pas", "Salut" va "L’Été indien".
1976 yildan boshlab u Mirey Matye bilan hamkorlik qiladi. Xususan u Pallavichini va Delanoe bilan hamkorlikda mashhur "Ciao bambino, sorry" qo‘shig‘ini yaratadi.
1980 yilda Toto Kutuno San-Remodagi musiqa tanlovida Solo noi qo‘shig‘i bilan g‘olib bo‘ladi.
1983 godu Toto Kutuno ushbu festivalda yana bir mashhur qo‘shiq "L’italiano" bilan ishtirok etadi. Keyinchalik ushbu qo‘shiq uning eng mashhur xitiga aylanadi.
1984 yilda u San-Remoda "Serenata" qo‘shig‘i bilan ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Shu paytdan boshlab Toto Kutunoni SSSR ekranlarida ham namoyish qilish boshlanadi va 1985-yilda Kutuno ilk bor gastrol bilan Moskva va Leningradga keladi.
1990 yilda Toto Kutuno Xorvatiyaning Zagreb shahrida "Yevrovidenie 1990" tanlovida ishtirok etadi. U yerda xonanda "Insieme: 1992" qo‘shig‘ini ijro etadi. Bu Yevropa birligi haqidagi qo‘shiq.
1995 yilda Kutuno San-Remoda "Voglio andare a vivere in campagna" qo‘shig‘i bilan ishtirok etadi.
1998-2000 yillarda xonanda Italiya televideniyesida "I fatti vostri" dasturini olib boradi va dunyo mamlakatlari bo‘ylab gastrollarini davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0