“Xanchjou-2022” o‘yinlari g‘oliblariga O‘zbekiston qancha pul mukofoti beradi?

© Depositphotos.com / TatiantmarieNatsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum
Natsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Obuna bo‘lish
Koronavirus sabab qoldirilgan XIX Osiyo o‘yinlari 2023-yil 23-sentabrdan 8-oktabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 5 ming AQSh dollari miqdorida mukofotlanadi. Kumush va bronza medali sohiblari 3 ming va 2 ming AQSh dollari bilan taqdirlanadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shuningdek, “Xanchjou-2022” o‘yinlarida g‘olib va sovrindor sportchilar qo‘shimcha ravishda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi:
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari:
oltin medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida;
kumush medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida;
bronza medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.
Xitoyda o‘tkaziladigan “Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlarida O‘zbekistonning 400 nafardan ziyod sportchi yoshlari 39 ta sport turidagi bahslarda O‘zbekiston sharafini himoya qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab qoldirilgan XIX Osiyo o‘yinlari 2023-yil 23-sentabrdan 8-oktabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0