O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida hech qanday muammoli masalalar yo‘q — Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berishdi.
Shavkat Mirziyoyev va  Ilhom Aliyev ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berishdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2023
Obuna bo‘lish
Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berishdi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida hech qanday muammoli masalalar yo‘q. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bergan bayonotida ma’lum qildi.
Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berishdi.
“Saylovdan keyingi birinchi tashrifimni aynan Ozarbayjonga amalga oshirayotganim ramziy ma’noga ega. Bu ikki tomonlama hamorligimiz eng yuksak darajaga chiqqani, yaqinlashishga o‘zaro intilish borligi, sheriklik uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi”, - dedi prezident.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida hech qanday muammoli masalalar yo‘q.

“Biz qardosh xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida katta salohiyatdan samarali foydalanishning yangi imkoniyatlari va mexanizmlarini izlash dolzarb ekaniga urg‘u berdik", - dedi davlat rahbari.

Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida ko‘p qirrali sheriklikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berishdi.
Prezidenti Uzbekistana i Azerbaydjana virazili udovletvorenie plodotvornimi itogami peregovorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2023
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berishdi.
Davlat rahbarlari savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi va logistika infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor berdilar. Avtomobilsozlik, metallurgiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, to‘qimachilik, turizm va boshqa tarmoqlardagi yirik loyihalar muhokama qilindi.

“Shuningdek, yangi logistika zanjirlarini rivojlantirish va infratuzilmani barpo etish, yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha loyihalarni amadga oshirishga kelishib olindi”, - deyiladi xabarda.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning yana bir drayveri sifatida ikki mamlakat hududlarining imkoniyatlari maksimal darajada ishga solinadi. Hokimlar va ma’muriyatlar rahbarlari yangi kooperatsiya loyihalari va gumanitar almashinuvni ilgari surish uchun joylarda muntazam uchrashadilar.
Muzokaralarda madaniyat sohasidagi aloqalarga alohida e’tibor qaratildi.
Madaniyat va kino kunlari, ijod va ilm-fan arboblarining uchrashuvlari muntazam o‘tkazib boriladigan bo‘ldi. Joriy yilda O‘zbekistonda birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon yoshlar forumi tashkil etiladi.
Yetakchilar Birlashgan Milliatlar Tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, MDH, YeXHT, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa ko‘p tomonlama institutlar doirasida ham samarali muloqotni davom ettirishga ahdlashikelishib olishdi.
Yangiliklar lentasi
0