Biokimyo instituti xavfli o‘smalarga qarshi yangi dori yaratish ustida ish olib bormoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPoyezdka Shavkata Mirziyeyova po Samarkandskoy oblasti.
Poyezdka Shavkata Mirziyeyova po Samarkandskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2023
Obuna bo‘lish
Prezident Samarqanddagi Biokimyo institutini borib ko‘rdi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti faoliyati bilan tanishdi.
Davlat rahbari institutdagi o‘quv xonalari, oranjereya, ilmiy laboratoriyalardagi sharoitlar bilan tanishdi. Professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qildi.

“Ular istiqbolda onkologik dori vositalarining kimoviy transformatsiyasi asosida xavfli o‘smalarga qarshi tanlab ta’sir etadigan yangi dori vositalarini yaratish rejasi haqida so‘zlab berdi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident institut olimlarini chet elda malaka oshirishga yuborish, farmatsevtika va kimyo mahsulotlarini ishlab chiqish, g‘o‘za, uzum, donning yangi navlarini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Biokimyo instituti joriy yilda universitetning biologiya va kimyo fakultetlari negizida ochildi. Institutda 8 ta ta’lim yo‘nalishida 2 ming 800 nafar talaba ta’lim olmoqda. Umuman, universitetda 12 ta ilmiy va 67 ta o‘quv laboratoriya bor.
Samarqand davlat universitetida 25 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi. Bu yerda to‘rtta – Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti, Muhandislik fizikasi instituti, Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Biokimyo instituti tashkil etilgan.
Yangiliklar lentasi
0