Bugun Toshkentning ikki tumanida gaz qisman o‘chiriladi

© Sputnik / StringerGaz plitasi
Gaz plitasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2023
Obuna bo‘lish
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Bugun, 24-avgust kuni, Toshkentning ikki tumanida gaz qisman o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgazta’minot AJ” ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ta’mirlash ishlari tufayli bugun soat 11:00 dan 17:00 gacha Sergeli tumanining Ko‘hna Qumariq mahallasiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi xonadonlari soni – 1173 ta;
Ulgurji iste’molchilar soni – 38 ta.
Shuningdek, bugun soat 10:00 dan 19:00 gacha Bektemir tumanining Bektemir mahallasiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi xonadonlari soni – 121 ta;
Ulgurji iste’molchilar soni – 14 ta.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0