Rossiya oziq-ovqat inqirozi yuzaga kelmasligi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi – Putin

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita BRIKS
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita BRIKS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, afrikalik do‘stlar Rossiya hamisha ishonchli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beruvchisi bo‘lib qolishiga ishonchi komil bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Rossiya Afrika qit’asida va umuman dunyo bozorida oziq-ovqat inqiroziga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha imkoniyatlaridan foylanmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Mamlakatimiz Afrika davlatlari va umuman olganda dunyo bozorlarini oziq-ovqat va o‘g‘it bilan ta’minlashga oid masalalarga alohida e’tibor qaratmoqda. Boshqacha qilib aytganda, ochlikka qarshi kurashish bo‘yicha global sa’y-harakatlarga o‘z hissamizni qo‘shish, oziq-ovqat inqiroziga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘zimizda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalanyapmiz”, - dedi Putin “BRIKS plyus” formatidagi uchrashuvda.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, afrikalik do‘stlar Rossiya hamisha ishonchli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beruvchisi bo‘lib qolishiga, eng muhtoj davlatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga ishonchi komil bo‘lishi mumkin.
Bug‘doy, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Rossiya Afrikaning oltita davlatiga bepul bug‘doy yetkazib beradi — vazir
Yangiliklar lentasi
0