Toqayev BRIKS va ShHT sa’y-harakatlarini birlashtirishga chaqirdi

© Press-slujba prezidenta KazaxstanaPrezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev. Arxivnoe foto
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2023
Obuna bo‘lish
Tokayev tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun BRIKS va ShHT sa’y-harakatlarini birlashtirishga chaqirdi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun BRIKS va Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sa’y-harakatlarini birlashtirishni taklif qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

“BRIKS va ShHTning manfaatlari va ustuvorliklarini hisobga olgan holda men asosiy yo‘nalishlarda sa’y-harakatlarimizni birlashtirishni taklif qilaman. Biz BMT Nizomi asosida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikning maqbul formulasini izlashimiz kerak", — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Avvalroq JAR prezidenti Siril Ramafosa Argentina, Misr, Eron, Efiopiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni uyushmaga a’zo bo‘lish uchun taklif qilinishini ma’lum qilgandi. Ushbu davlatlar 2024-yil 1-yanvardan tashkilotning to‘laqonli a’zolariga aylanadi.
Yangiliklar lentasi
0