Prezident administratsiyaci tarkibi tasdiqlandi – kim qaysi lavozimni egalladi

© Sputnik / © Sputnik / Aleksey DanichevMujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto
Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2023
Obuna bo‘lish
Prezident administratsiyasida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Prezident administratsiyasida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar qildi.
Prezidentining tegishli farmonlari bilan quyidagilar tegishli lavozimlarga tayinlandi:
Prezident yordamchilari:
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston prezidentining yordamchisi lavozimiga;
Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston prezidentining yordamchisi lavozimiga;
Maslahatchi lavozimiga tayinlanganlar:
Ravshan Ayubovich Gulyamov O‘zbekiston prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
Alisher Saidabbasovich Sultanov prezidentning energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
Shuxrat Madaminovich G‘aniyev prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
Muzaffar Murotovich Kamilov prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
Doniyor Baxtiyorovich Kadirov prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga.
Administratsiya departamentlariga rahbar etib tayinlanganlar:
Komil Ismoilovich Allamjonov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimiga;
Odil Qalandarovich Abduraxmanov Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimiga;
Kaxramon Kuchkarovich Kuranbayev Prezidenti administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimiga;
Alisherbek Azizovich Paygamov prezidenti administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimiga;
Nodirjon Abduqunduzovich Abduraximov Prezident administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamentining rahbari lavozimiga;
Utkirjon G‘ayratovich Kodirov Prezident administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga;
Shuningdek, Ulugbek Uchkunovich Kurbanov O‘zbekiston prezidenti protokolining rahbari lavozimini egalladi.
Sherzod Ikromovich Asadov O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi lavozimiga, Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
17 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasini tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra, Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgan (bu lavozimni Sardor Umurzakov egallab kelayotgan edi), 2 ta yangi prezident yordamchisi lavozimi joriy etilgan, maslahatchilar soni esa 9 nafardan 11 nafarga ko‘paytirilgan.
Sardor Umurzakov. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2023
Sardor Umurzakov yangi lavozimga tayinlandi
Yangiliklar lentasi
0