Putin Tverda aviahalokatda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2023
Obuna bo‘lish
Putin Embraer halokatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Vladimir Putin DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin bilan uchrashuvda Tver viloyatidagi aviahalokatda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Avvalo, barcha qurbonlarning oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildirmoqchiman. Bu har doim fojia”, - dedi Putin.

Uning ta’kidlashicha, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotda "Vagner" guruhi xodimlari bo‘lgan. Davlat rahbari bu odamlarning Ukrainadagi neonatsist tuzumiga qarshi kurashga qo‘shgan katta hissasini qayd etdi. Uning aytishicha, Rossiyada ular bu haqda bilishadi va hech qachon unutishmaydi.
Prezident "Vagner" guruhi asoschisi Yevgeniy Prigojinni ham tilga oldi. Putin uni 1990-yillardan beri bilishini ta’kidladi.
Uning aytishicha u taqdiri og‘ir inson bo‘lgan, hayotda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan, o‘zi uchun zarur bo‘lgan natijalarga erishgan.
Putin, shuningdek, Prigojinni nafaqat Rossiyada, balki, xususan, Afrikada ham muvaffaqiyatli ishlagan iqtidorli tadbirkor deb atadi. U yerda neft, gaz, shuningdek, qimmatbaho metallar va toshlarni qazib olish bilan shug‘ullangan, deya eslaydi prezident. Unga ko‘ra, Prigojin Afrikadan bir kun avval qaytib kelgan va Rossiyada ba’zi rasmiylar bilan uchrashgan.
Chastniy samolet poterpel krushenie v Tverskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2023
Tver viloyatida samolyot halokatga uchradi, yo‘lovchilar orasida Prigojin ham bor edi
Yangiliklar lentasi
0