Bugun Toshkentning markaziy ko‘chalarida "svet" bo‘lmaydi — manzillar

© AO "Regionalnie elektricheskie seti"Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2023
Obuna bo‘lish
Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi mahallalarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Bugun Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Manzillar:
Mirobod tumani: "Yangi Mirobod" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Yakkasaroy tumani: "Yakkasaroy" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Xabarda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0