Prezident 46 nafar sportchi va murabbiyni mukofotladi — ular kimlar?

© UzreportShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Mustaqillikning 32-yilligi munosabati bilan 46 nafar sportchi va murabbiylar mukofotlandi. Bu haqda 25-avgust kuni prezident tomonidan imzolagan farmonda nazarda tutilgan.
Sportchilar va murabbiylar "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" va "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvonlari, "Do‘stlik" ordeni, shuningdek I va II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordenlari, "Sog‘lom turmush", "Shuhrat" hamda "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi.
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan
1.
Maxsitov Baxodir - O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni bilan
1.
G‘afurov Davron Dilmuradovich - O‘zbekiston boks federatsiyasi murabbiysi
2.
Xudayberganov Jamshid Ismailovich - Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining dzudo bo‘yicha murabbiysi, Xorazm viloyati
3.
Yarashov Yergali Abubakirovich - Qibray tumani sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan
1.
Abdullayev Ruslan Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
2.
Do‘smatov Xasanboy Marfjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
3.
Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
4.
Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
5.
Mo‘ydinxo‘jayev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
6.
Turoboyev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
7.
Xaloqov Abdumalik Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
"Do‘stlik" ordeni bilan
1.
An Dmitriy Mixaylovich - Toshkent shahridagi "Paxtakor" futbol akademiyasining yoshlar jamoasi murabbiysi
2.
Baraban Igor Petrovich - O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisining maslahatchisi
3.
Muminova Gozal Baxodirovna - Gimnastika bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktorining o‘rinbosari
4.
Savinova Irina Aleksandrovna - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo‘yicha murabbiysi
I darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan
1.
Bobonov Davlat Husniddin o‘g‘li - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
2.
Kondakova Muxabbat Bakiyevna - Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o‘q otish bo‘yicha murabbiysi
II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan
1.
Azizov Ulug‘bek Azim o‘g‘li - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
2.
Kiyamova Nellya Esxatovna - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzudo bo‘yicha murabbiysi
3.
Qobulov Nurali O‘ktamovich - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
4.
Tadjiyev Baxadir Muxitdinovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufidagi Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish ishlari boshqarmasi boshlig‘i
5.
Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich - Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi
"Sog‘lom turmush" medali bilan
1.
Abduvaliyev Andrey Xakimovich - O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisining o‘rinbosari
2.
Kazakova Anna Valeryevna - O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining yengil atletika bo‘yicha murabbiysi
3.
Kun Yelena - O‘zbekiston triatlon federatsiyasi bosh kotibi
4.
Yusupov Nurmuxammad Tursunovich - Qorako‘l tumanidagi kurash to‘garagi rahbari, Buxoro viloyati
"Kelajak bunyodkori" medali bilan
1.
Abdullayev A’loxon Ayubxon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
2.
Baratov Dilshodbek Baxtiyor o‘g‘li - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
3.
Boymurodov Otabek Odiljonovich - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi
4.
Jabborova Tursunoy Valijon qizi - Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
5.
Jafarov Saidjamshid Rustam o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
6.
Jo‘rayev Oybek Odilbek o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
7.
Yo‘ldoshev Murodjon Quvondik o‘g‘li - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
8.
Mullojonov Lazizbek Hasanjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
9.
Raxmonaliyev Umarali Maxamadali o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi
10.
Fayzullayev Abbosbek Sayidjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
11.
Xusanov Abduqodir Xikmatjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
12.
Yusupov Alisher Xalimboyevich - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
"Shuhrat" medali bilan
1.
Avezov Xamza Istamovich - Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks bo‘yicha murabbiysi, Buxoro viloyati
2.
Raximjanov Ilyas Burixanovich - Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha katta murabbiysi
3.
Sobirov Maxkambek Umarjonovich - To‘raqo‘rg‘on tumani sport maktabining futbol bo‘yicha murabbiysi, Namangan viloyati
4.
Sobirov Paxlavonjon Anvarjonovich - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining taekvondo bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati
5.
To‘ychiyev Alisher Kurbanovich - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi
6.
Turaboyev Bekzod Saitkulovich - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
7.
Umarov Elbek Aloxiddinovich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzudo bo‘yicha murabbiysi
8.
Xasanov Akmal Yo‘ldoshevich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining boks bo‘yicha murabbiysi
Mazkur mukofotlar sportchi va murabbiylarga sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, mamlakatning xalqaro maydondagi shon-shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan katta hissasi uchun berildi.
Yangiliklar lentasi
0