O‘zbekistonlik para shaxmatchilar IBSA Jahon o‘yinlarida 3 ta medal qo‘lga kiritdi

© Natsionalniy paralimpiyskiy komitetO‘zbekistonlik para shaxmatchilar IBSA Jahon o‘yinlarida 3 ta medal qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik para shaxmatchilar IBSA Jahon o‘yinlarida 3 ta medal qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik para shaxmatchilar musobaqani 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunlashdi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Birmingem mezbonligida o‘tayotgan IBSA Jahon o‘yinlarida para shaxmat bahslari yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik para shaxmatchilar 3 ta medal qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy paralimpiya qo‘mitasi.
Ta’kidlanishicha, erkaklar o‘rtasida yakkalik bellashuvlarida qatnashgan o‘zbekistonlik Axadxon Kimsanboyev kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarda Axadxon Kimsanboyev hamda Ilhom G‘ulomov juftligi yakunda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa o‘zbekistonlik para shaxmatchilar musobaqani 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunlashdi.
Yangiliklar lentasi
0