Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya kemalari Ukraina QKning aviatsiya qurollari omboriga zarba berdi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishRossiya harbiy dengiz floti Kalibr raketalarini uchirmoqda
Rossiya harbiy dengiz floti Kalibr raketalarini uchirmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2023
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi: Rossiya harbiy dengiz floti Ukraina qurolli kuchlarining aviatsiya qurollari saqlangan omboriga zarba berdi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Ukraina qurolli kuchlarining aviatsiya qurollari saqlangan omborga raketa zarbasini berdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.

"Bugun tunda harbiy dengiz floti Ukraina Qurolli kuchlarining aviatsiya qurollari va o‘q-dorilari omboriga dengizdan uzoq masofaga mo‘ljallangan yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarba berdi. Zarbadan ko‘zlangan maqsadga erishildi", — deyilgan vazirlik xabarida.

Barcha belgilangan nishonlarga zarba berilganini ta’kidlandi.
O‘tgan juma kuni Rossiya kemalari Ukraina kuchlari foydalanayotgan portga dengizdan uchiriladigan qanotli raketalarni otgan. Qurolli kuchlar obyektga zarba berishga muvaffaq bo‘ldi.
10 oktabrdan beri Rossiya armiyasi Ukraina energetika, mudofaa sanoati, harbiy qo‘mondonlik va aloqa obyektlariga raketa zarbalarini bermoqda. Vladimir Putin ta’kidlaganidek, birinchi hujum Kiyev tomonidan Qrim ko‘prigida uyushtirilgan portlashga javob bo‘lgan.
Ukraina 17-iyulga o‘tar kechasi Kerch bo‘g‘ozi kesib o‘tish joyiga yana hujum qildi. Shundan so‘ng, Rossiya qurolli kuchlari Odessa, Ilichevsk va Nikolayevga, shu jumladan, pilotsiz qayiqlarni ishlab chiqarish va saqlash joylariga, o‘q-dorilar omborlariga va yoqilg‘i saqlash joylariga zarba berishdi.
Yangiliklar lentasi
0