Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar qisqartiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2023
Obuna bo‘lish
Ayrim fanlar ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib o‘qitiladi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqartiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, oliygohga kirishga ishtiyoqi bor bo‘lgan 10-11 sinf o‘quvchilariga "kimyo – biologiya", "matematika – fizika", "matematika – chet tili", "ona tili va adabiyot – chet tili" fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib o‘qitiladi.
Kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga esa maktabning o‘zida tayyor mutaxassis bo‘lib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga sentabrdan boshlab ushbu tajribani salohiyati va tayyorgarligi bor 135 ta maktabda yo‘lga qo‘yish topshirildi. Kelgusi o‘quv yilidan kamida 1 mingta maktab ushbu tizimga o‘tkaziladi.
Darslarning mazmuni ham o‘zgarishi ta’kidlandi. Bunda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0