Mirziyoyev ta’lim sohasida ikki nafar fuqaroni mukofotladi — ular kimlar?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2023
Obuna bo‘lish
Prezident Abdikarim Saksanov va Mamurajon Sultanovani mukofotladi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev yana ikki nafar fuqaroni mukofotladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezidentning tegishli farmoni bilan Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi "Saksanov" mas’uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori Saksanov Abdikarim Yuldashovich "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlandi.
Mazkur mukofot Saksanovga tadbirkorlik sohasida ko‘plab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, mamlakatda ta’lim tizimini rivojlantirish, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlaridagi katta xizmatlari uchun berildi.
Shuningdek, Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori Sultanova Mamurajon Raxmanovnaga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi" faxriy unvoni berildi.
Sultanova mazkur unvon ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun berildi.
Yangiliklar lentasi
0