Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Xerson yaqinida Ukraina QKning harbiy texnika omborini yo‘q qildi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRossiyaning "Giatsint-S" artilleriyasi
Rossiyaning Giatsint-S artilleriyasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli Kuchlari Xerson yaqinidagi Ukraina Qurolli Kuchlari va “Grad” harbiy texnikasi saqlangan omborni yo‘q qildi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. “Dnepr” qo‘shinlari guruhi askarlari bir kun ichida Xerson yaqinidagi Ukraina Qurolli kuchlarining qurol-yarog‘i va harbiy texnikasi, “Grad” saqlangan angarini yo‘q qildi, deb xabar berdi vaziyatdan xabardor RIA Novosti manbasi.

"Xerson yo‘nalishi bo‘yicha "Dnepr" qo‘shinlari guruhining zarbasi natijasida quyidagilar yo‘q qilindi: Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalaridan birining qurol-yarog‘ va harbiy texnikasi bo‘lgan angar, 8 nafar harbiy xizmatchi yo‘q qilindi, 11 nafari yaralandi, 13 ta mashina yaroqsiz holatga keltirildi, “Grad” uch kishidan iborat ekipaj va o‘q-dorilar bilan", — dedi manba.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Kaxovka yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalaridan birining vaqtinchalik joylashtirish nuqtasiga zarba berildi, 16 nafar harbiy halok bo‘ldi, to‘rtta avtomobil ishdan chiqarildi.
Dneprning bo‘yida joylashgan Xerson orollari hududida Rossiya harbiylari boshqa dushman bo‘linmasi pozitsiyasini o‘qqa tutdilar. Dushmanning yo‘qotishlari 9 kishini va o‘q-dorilar bilan 120 mm minomotni tashkil etdi.
Mudofaa vazirligi axborotiga ko‘ra, bir sutkada Ukraina Qurolli kuchlari Xerson yo‘nalishida 35 kishini, 3 ta texnikasini, AQShda ishlab chiqarilgan M109 Paladin o‘ziyurar artilleriya moslamasini, shuningdek, ikkita D-30 gaubitsasini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0