Toshkentda Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi — xarita

© Sputnik/Abdubakir YunusovPerekritie dvijenie avtomobilnoy dorogi v Tashkente.
Perekritie dvijenie avtomobilnoy dorogi v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2023
Obuna bo‘lish
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlari so‘ralmoqda.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Joriy yil 30-avgustdan 4-sentabrga qadar Toshkentda Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, poytaxtda yog‘ingarchilik vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshishi holatlarining oldini olish maqsadida ayni kunlarda kollektor-drenaj tizimi quvurlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.
© press-slujba xokimiyata goroda TashkentaChast ulisi Kichik Xalka Yuli v Tashkente budet vremenno zakrita
Chast ulisi Kichik Xalka Yuli v Tashkente budet vremenno zakrita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2023
Chast ulisi Kichik Xalka Yuli v Tashkente budet vremenno zakrita
30 avgustdan 4-sentabrga qadar Kichik halqa yo‘li ko‘chasining Beshqayrag‘och ko‘chasi bilan kesishmasining pastki tomonidan Istirohat ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘ida joylashgan kollektor quvurlarini ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi (yo‘lning bir tomoni) besh kunga yopiladi.
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlari so‘ralmoqda.
Yangiliklar lentasi
0