Britaniya parlamenti Xitoyni qirollikka tahdid deb tan oldi

© Press-slujba prezidenta UkrainiLondondagi Vestminster saroyi.
Londondagi Vestminster saroyi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
Obuna bo‘lish
Britaniya parlamenti hisobotda Xitoyni London va uning manfaatlariga tahdid deb atadi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Britaniya parlamenti Xitoyni qirollikka tahdid deb tan oldi. Bu haqda Britaniya parlamenti jamoatlar palatasining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi hisobotida so‘z borgan, deb yozmoqda RIA Novosti.
Hujjatda qayd etilishicha, Xitoy Britaniya va Londonning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi manfaatlariga tahdid soladi va Xitoyning Britaniyaga nisbatan siyosati “tajovuzkorlikning kuchayishi” bilan tavsiflanadi.

“Qo‘mita Xitoy Kommunistik partiyasi faoliyatini Buyuk Britaniya va uning manfaatlariga tahdid sifatida tan oladi. Qat’iylikning kuchayishi xalqlar o‘rtasidagi raqobatga xosdir, ammo Xitoy Kommunistik partiyasining xatti-harakati hozirda Buyuk Britaniyaga nisbatan kuchaygan tajovuz bilan tavsiflanadi”, - deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, hujjatda Londonga ittifoqchilar bilan mudofaaga yo‘naltirilgan siyosatni kuchaytirish, shu jumladan, Tayvan “himoyasi” uchun “to‘xtatuvchi diplomatiya”ni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyanoma ham mavjud.
Buyuk Britaniya hukumati Tayvan xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini himoya qilishga yordam beradigan samarali diplomatiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish imkonini beradigan mazmunli harakatlar va qizil chiziqlarni aniqlashi kerak.
Parlament a’zolari Buyuk Britaniyaning Hind-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan munosabatlarining ustuvorligini saqlab qolish, shuningdek, u yerda savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirishni qo‘llab-quvvatladilar va bu "Buyuk Britaniya iqtisodiyoti va butun dunyodagi hamkorlarimizga foyda keltirishini" ta’kidladilar.
Yangiliklar lentasi
0