U-23 Osiyo kubogi saralash bahslari: O‘zbekiston terma jamoasi qachon va kim bilan o‘ynaydi

© Foto: O‘FAFutbol bo‘yicha U-23 O‘zbekiston terma jamoasi. Arxiv surat.
Futbol bo‘yicha U-23 O‘zbekiston terma jamoasi. Arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
Obuna bo‘lish
U-23 Osiyo kubogining saralash bahslarida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Gonkong, Afg‘oniston va Eronga qarshi o‘ynaydi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Futbol bo‘yicha 2024-yilgi U-23 Osiyo kubogining saralash bahslari vaqti ma’lum bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Toshkentda 6-12 sentabr kunlari futbol bo‘yicha 2024-yilgi U-23 Osiyo kubogining saralash bahslari bo‘lib o‘tadi.
Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining barcha o‘yinlari soat 19:00 ga belgilandi.
Batafsil:
1-tur: O‘zbekiston – Afg‘oniston (6 sentabr, 19:00);
2-tur: Gonkong – O‘zbekiston (9 sentabr, 19:00);
3-tur: O‘zbekiston – Eron (12 sentabr, 19:00).

"O‘zbekiston OTJ ishtirokidagi hamma o‘yin “JAR” stadionida o‘tadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 15 aprel – 3-may kunlari Qatarda U-23 Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi 25-may kuni Kuala-Lumpurdagi OFK qarargohida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion turnir vazifasini o‘tab beradi. Unda dastlabki 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. To‘rtinchi o‘rin egasi qit’alararo pley-off bosqichi orqali kurashni davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0