Andijonda o‘zbek-qirg‘iz chegara posti ochildi – video

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPunkt propuska na granitse, arxivnoe foto
Punkt propuska na granitse, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2023
Obuna bo‘lish
“Qora-Bag‘ish” chegara o‘tkazish punkti O‘zbekiston va Qirg‘izistonning Marhamat hamda Aravon tumanlarini bog‘laydi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Qirg‘iziston bilan chegara posti ochildi.
“Mingtepa” (“Qora-Bag‘ish”) chegara o‘tkazish punkti O‘zbekiston va Qirg‘izistonning Marhamat hamda Aravon tumanlarini bog‘laydi.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ochilish marosimda qatnashib, ikki elni birlashtiruvchi rejalaridan yana biri amalga oshgani bilan tabrikladi.
“Mingtepa” chegara bojxona postida bir kunda 4-5 ming fuqaro hamda 200 tagacha avtotransport vositalari o‘tishi va qaytishi chun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Mazkur post avval 0,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lsa, bugungi kunda 1,12 gektar maydonni egalladi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarada uchta nazorat-o‘tkazish punktini ochishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Xususan, 2010-yilda faoliyatini to‘xtatgan "Bekobod-Xonobod", "Qorasuv" va "Qora-Bag‘ish" postlari ochilishi kutilayotgani ma’lum qilingan edi.
Har ikki davlat o‘rtasida qo‘shimcha o‘tkazish punktlarini ochish masalasi so‘nggi bir necha yil davomida mamlakatlar hukumatlari tomonidan muhokama qilib kelinmoqda edi. Bunday punktlarni ochishdan maqsad — transport yuk oqimlari tranzitini yengillashtirish.
Yangiliklar lentasi
0