Tokayev AES qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii YeEF
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii YeEF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2023
Obuna bo‘lish
Jamoatchilik orasida tortishuvlarni uzil-kesil hal qilish maqsadida, Tokayev AES qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qildi.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev atom elektr stansiyasini qurish masalasini umumxalq referendumiga qo‘yishni taklif qildi.
"2019 yilda saylovoldi dasturimda eng muhim strategik masalalar bo‘yicha qarorlar referendum yo‘li bilan qabul qilinishiga va’da bergandim. AES qurish yoki uni qurishdan bosh tortish mamlakatimiz kelajagi bilan bog‘liq o‘ta muhim masala. Shuning uchun men uni umumxalq referendumiga qo‘yishni taklif etaman. Aniq vaqtini keyinroq hal qilamiz”, dedi Tokayev juma kuni Qozog‘iston xalqiga yillik murojaatida.
Atom energetikasini rivojlantirish muhim iqtisodiy va siyosiy masalaga aylanganini qayd etdi.
"Mamlakatimizda atom elektr stansiyasini qurish maqsadga muvofiqligi haqida turli fikrlar borligini bilasiz. Bir tomondan Qozog‘iston dunyodagi eng yirik uran ishlab chiqaruvchisi sifatida o‘z atom ishlab chiqarishiga ega bo‘lishi kerak. Ayrim ekspertlar kichik reaktorlar bilan zavodlar qurish tarafdori. Boshqa tomondan, ko‘plab fuqarolar va bir qator ekspertlar atom elektr stansiyalari xavfsizligidan xavotirda. Semipalatinsk yadro poligonining fojiali merosini hisobga olsak, buni tushunish mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi prezident.
Qozog‘iston rahbari bu borada jamoatchilik muhokamalarini va har tomonlama keng muhokamani davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Qozog‘istonda AES qurilishi

Ma’lumot uchun, sobiq SSSR davrida Qozog‘iston elektr energetika tizimi shimolda Rossiya elektr tarmoqlariga janubda esa Markaziy Osiyo energetik halqasi bilan bog‘langan bo‘lgan. Mustaqillikdan keyingi yillarda, oldingi eneregtika tizimi buzilishi hamda iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi natijasida respublikaning janubiy hududlarida elektr energiyasi yetishmovchiligi va uzilishlar kuzatila boshladi.

AES qurish g‘oyasi ilk bor 2019-yilda jiddiy muhokama qilina boshladi. Jamoatchilik orasida faol guruhlar AES qurish g‘oyasiga qarshi chiqdi. Ular bir necha bor, ishtirokchilar soni kam bo‘lsada, mitinglar o‘tkazishdi.

Qozog‘iston energetika vaziri Akchulakov 2022-yilning 9-iyunida atom elektr stansiyasi qurish uchun Olma-Ota shahridan 365 km shimoli-g‘arbda joylashgan Ulken posolkasi (Balxash ko‘li yaqinida) tanlanganini ma’lum qildi.

Rejalashtirilayotgan AES hozircha kimning yordamida qurilishi aniq emas, lekin Qozog‘iston bulajak pudratchiga qat’iy talab qo‘ygan - AES uchun kerakli yoqilg‘i, ya’ni boyitilgan uranni ishlab chiqarish Qozog‘istonda yo‘lga qo‘yilishi kerak. Qozog‘iston dunyoda eng yirik uran qazib oluvchi davlatlardan biri.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0