Malayziya Rossiya bilan savdoda qisman yuan va dirhamda hisob-kitob qilishga o‘tdi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka o‘tishXitoy yuani
Xitoy yuani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2023
Obuna bo‘lish
Malayziya diplomati Rossiya bilan qisman savdoni yuan va dirhamda amalga oshirganini xabar qildi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Malayziya Rossiya bilan savdoda qisman yuan va dirhamda hisob-kitob qilishga o‘tdi. Bu haqda RIA Novostiga Rossiyadagi Malayziya elchixonasining savdo maslahatchisi Hayfil Elmi Jamil ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ba’zi Malayziya kompaniyalari rossiyalik kontragentlar bilan savdo qilishda qisman Xitoy yuan va BAA dirhamlarida hisob-kitoblarga o‘tishdi.
“Ba’zi Malayziya kompaniyalari Rossiya bilan savdo operatsiyalarida Xitoy yuani va Birlashgan Arab Amirliklari dirhamlaridan foydalanadilar”, dedi u.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan o‘zaro savdoda yuan dirhamga qaraganda ko‘proq qo‘llaniladi.
Elchixona maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, hozircha Malayziyada rublga, shuningdek, Rossiyada Malayziya ringgitlariga talab unchalik yuqori emas.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Rossiyaning 30 ta banki Xitoyning CIPS (SWIFT muqobili) to‘lov tizimiga ulandi. VEB raisi Igor Shuvalovning so‘zlariga ko‘ra, dunyo dollarga qaramlikdan xalos bo‘lish yo‘lida sezilarli yutuqlarga erishdi, yuan endi global zaxira valyutasi o‘rnini egalladi.
Yangiliklar lentasi
0